• Bosh sahifaga
  • Русский
  • English
  • Кыргызча
  • Қазақша
  • Azərbaycan
  • Ўзбекча
  • Uzbekcha
  • Белару́сский
  • Deutsch
  • Latviešu valoda
  • 中文
  • العربية

GMC

Legallashtirish

Apostillash o‘zi nima?

Hujjatni apostillash – bu soddalashtirilgan ishontiruvdir (hujjatning boshqa davlatda yuridik kuchga ega bo‘lishi uchun ma’lum bir rasmiy amaliyotlarni bajarish). Hujjatni legallashtirish amaliyotining yakuniy maqsadi - bir davlat hududila berilgan hujjatning boshqa davlatning rasmiy organlariga taqdim eta olish imkoniyatini yaratish.

Hujjatni apostillash boshqa davlatning rasmiy organlariga taqdim qilish zarur bo‘lganda deyarli har doim talab etiladi. Bu shuni anglatadiki, masalan, Qozog‘istonda berilgan hujjat faqat Qozog‘iston hududida kuchga ega bo‘lib, undan faqat shu yerda to‘laqonli foydalanish mumkin, lekin uni boshqa mamlakat rasmiy organlariga taqdim etish uchun apostillash talab etiladi (Masalan, hujjatni Turkiya rasmiy organlariga taqdim qilishda).

Ushbu qoidadan istisno tariqasida, legallashtirish taqozo etilmaydigan ayrim hujjatlar turi mavjud.

Hujjatlarni legallashtirish turlari va xususiyatlari

Hujjatlarni legallashtirishning ikki asosiy ko‘rinishi mavjud – «Apostil» shtampining qo‘yilishi va konsullik legallashtiruvi. Legallashtirish turini tanlash har bir holatda hujjatni yuborilishi mo‘ljallanayotgan mamlakat mamlakatga, ya’ni oxir-oqibatda taqdim etilishi zarur bo‘lgan rasmiy organ mamlakatiga bog‘liq.

"Apostil" shtampining qo‘yilishi (ba’zan ushbu amaliyotni «soddalashtirilgan legallashtiruv» yoki «apostillash» deb ham ataladi) hujjatni 1961 yil 5 oktabrdagi Gaaga konvensiyasiga qo‘shilgan mamlakatlarga yuborishga nisbatan qo‘llaniladi. Bu konvensiya konsullik legallashtiruvini bekor qilib, soddalashtirilgan legallashtiruv – «Apostil» shtampini qo‘yish amaliyotini yo‘lga qo‘yadi. Ayni vaqtda Qozog‘iston 1961 yil 5 oktabrdagi Gaaga konvensiyasi ishtirokchisi hisoblanadi. Shuning uchun Qozog‘iston hududida hujjatlarni apostillash qo‘llaniladi.

Ushbu amaliyot «soddalashtirilgan» deb atalishining sababi, bir tomondan apostillash birmuncha tez hamda yagona vakolatli organ tomondan amalga oshiriladi, ikkinchi tomondan, hujjat Gaaga konvensiyasidagi barcha mamlakatlar hududida kuchga ega bo‘ladi.

Agar siz tayyorlayotgan hujjat taqdim etilayotgan mamlakat Gaaga konvensiyasi ishtirokchisi bo‘lmasa, konsullik legallashtiruvi talab etiladi. Bu qiyinroq amaliyot bo‘lib, o‘z ichiga hujjatni notarius, Qirg‘iziston Respublikasi Adliya Vazirligi va Tashqi ishlar Vazirligi tomondan tasdiqlanish  amaliyotlarini o‘z ichiga oladi. Bunda hujjat qaysi mamlakat uchun legallashtirilayotgan bo‘lsa, faqat shu mamlakat hududida yuridik kuchga ega bo‘ladi.

Qaysi hollarda legallashtirish talab etilmaydi?

Hujjatni legallashtirish uch holatda talab etilmaydi:

  • hujjat taqdim etilayotgan muassasa uni legallashtirishni talab etmasa; talabni avvaldan aniqlashtiring;
  • Qozog‘iston va hujjatdan foydalanishni rejalashtirayotgan mamlakat o‘rtasida legallashtirish talabini bekor qiluvchi ikki taraflama shartnoma imzolagan bo‘lsa;
  • hujjatning ko‘rinishi/turi xarakteri jihatidan uni legallashtirish mumkin bo‘lmasa.

Boshqa barcha hollarda hujjatni xorijga yuborish uchun uni legallashtirish zarur.