• Bosh sahifaga
  • Русский
  • English
  • Кыргызча
  • Қазақша
  • Azərbaycan
  • Ўзбекча
  • Uzbekcha
  • Deutsch
  • Белару́сский
  • Latviešu valoda
  • 中文
  • العربية

GMC

Shoshilinch tarjima

Shoshilinch tarjima – bu nafaqat sizning vaqtingizni balki qo‘shimcha amaliyotlar uchun harajatlarni tejaydi, chunki chet elga chiqish uchun yoki shartnomalarni rasmiylashtirish uchun zarur bo‘lgan shoshilinch tarjimalar eng ko‘p uchraydi. Shu tarzda, qo‘lingizda tayyor shoshilinch tarjima bo‘lsa, siz o‘z muammolaringizni tezroq hal etib, bunda kutib qolish natijasida foydani yo‘qotishdan holi bo‘lasiz.

Shoshilinch tarjima – tarjima sifatini yo‘qotmagan holda uning minimal muddatlariga rioya etilishi talab etiladigan tarjimadir.

30 DAQIQA ICHIDAGI EKSPRESS-TARJIMA
1 SOAT ICHIDAGI TARJIMA
KUNI-KUNIGA TARJIMA

EKSPRESS-TARJIMA – 30 daqiqa ichidagi tarjima – tarjimaning bu turi odatda kichik hajmli, umumiy mavzularga oid bo‘lgan yoki «andozali» hujjatlar bilan ishlashda, misol uchun voyaga yetmagan bolaning chet elga chiqishi uchun ota-onalarning roziligini tarjima qilishda, pasportni tarjima qilishda, turli guvohnomalar va shu kabilarni tarjima qilishda qo‘llaniladi. Buyurtma tushganidan keyin hujjat tarjimonga zarur tilga tarjima qilish uchun beriladi. Tarjima tugagandan so‘ng matn bilan muharrir-musahhih ishlaydi.

1 SOAT ICHIDAGI TARJIMA – tarjimaning bu turi nisbatan kattaroq bo‘lgan, ya’ni rezume, murojaatnomalar, taqdimotlar, xatlar, ilmiy maqolalar, da’volar, sud ko‘chirmalari, test hujjatlari, shartnomalar, nizomlar kabi hujjatlar bilan ishlashda qo‘llaniladi.

KUNI-KUNIGA – tarjimaning bu turi ancha murakkab bo‘lib, odatda ko‘p sahifali va tor yo‘nalishdagi hujjatlarga nisbatan, ayniqsa texnik va tibbiy mavzulardagi matnlar bilan ishlashda qo‘llaniladi. Bu holda buyurtmaning bajarilishi kompleks sinxron shaklda bajarilib, bunda tarjima ishida bir vaqtning o‘zida barcha ishlab chiqarish birliklari – tarjimon, muharrir-musahhih, sahifalovchi, muvofiqlashtiruvchi va boshqalar ishtirok etadilar. Bunday yondashuv nafaqat sifat yo‘qolishini minimallashtiradi, balki buyurtmani tugatish va uni mijozga topshirishni tezlashtiradi.

Hozir shunday zamonki, har bir soniyaning qadri oltinga tengdir. Biroq shunday holatlar ham bo‘ladiki, barcha ishlarni bajarish uchun aynan vaqt yetishmaydi. Bunda bizga zamonaviy texnologiyalar yordamga keladi, lekin baribir… inson aqlining o‘rnini xech narsa bosa olmaydi. Gap shundaki, agar sizga matn yoki hujjatni chet tiliga/chet tilidan shoshilinch tarzda tarjima qilish zarur bo‘lsa, sizga malakali tarjimonlarning yordami muhim, ular qisqa fursat ichida imkon qadar ko‘p miqdordagi matnni tarjima qila oladilar.

Shoshilinch tarjimaning yuqori sifati

«GMC Translation Service» Tillar tarjima Markazining ko‘p yillik ish tajribasi va uning xodimlar tarkibi bizga shoshilinch tarjimalarni sifatni yo‘qotmasdan bajarishga imkoniyat yaratadi. Bizning Markazda shoshilinch tarjimani amalga oshirish rejasi buyurtmachiga yuqori professional darajada bajarilgan tarjimani olishga imkoniyat beradi. Tezkorlikni ta’minlash uchun tegishli matn bilan ishlash uchun bir vaqtning o‘zida bir necha yuqori malakali xodimlar: tarjimon, muharrir-musahhih jalb etiladilar. So‘zsiz, faqat shunday kompleks yondashuvgina murakkab ko‘p sahifali tarjimani sifatli va qisqa muddatlarda bajarishga imkoniyat beradi. Muddatlari qanday bo‘lishidan qat’iy nazar, hujjatlar tarjimasi tegishli matnga ixtisoslashgan tarjimon tomonidan bajariladi. Barcha tarjimalar, ayniqsa shoshilinch tarjimalar muharrir tomonidan sinchiklab tekshirib tahirilab chiqiladi.

Biz shoshilinch tartibda tarjima etilayotgan hujjatlar ham uzoq muddatli tarjimalarga nisbatan qo‘llaniluvchi tahrirlash va tekshirish bosqichlaridan o‘tgani kabi bosqichlardan o‘tkazilishiga kafolat beramiz. Bu xodimlarimizga shoshilinch tarjimaning yuqori sifatiga erishishga imkon beradi.

«SHOSHILINCH TARJIMA» xizmati buyurtma qilinganda, matn muddatlari va hajmidan qat’iy nazar, tarjima sifati doim o‘zgarmas yuqori darajada qolaveradi.

Shuningdek, «GMC Translation Service» Tillar tarjima Markazi QISQA MUDDATLARDA quyidagi tarjimalarni amalga oshiradi:

- Hujjatlarning notarial ishontiruvi; 

- Hujjatlarni legallashtirish;

- Hujjatlarni apostillash.